Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz
Противоположное излечивается противоположным.Гиппократ

RIA va GITM «AJ» tizimida 2 ta ginekologiya bo‘limi mavjud.

I ginekologiya bo`limi

Operativ ginekologiya bolimi. (CS-I)

Bo`lim binoning 6-chi qavatida joylashgan, 25 o`rin uchun mo'ljallangan. 2 hashamatli palatasi bo`lib o`z xammomi va  xojatxonasi bor. 1chi-palata izolyator. 4 ta umumiy palatasi bo`lib bu palatalarda xam xojatxonalar bor.  Har bir palata funksional yotoqlar, rangli  televizor va barcha zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bo`limda ikkita ko`rish xonasi, uchta operatsiya xonasi va bitta kichik operatsiya xonasi bor.

Ko`rsatiladigan xizmatlar: gisteroskopiya- Karl Storz firmasi uskunalaridan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi. Laparoskopik operatsiyon xonalar xam Karl Storz firmasi uskunalari  bilan jihozlangan. Bu uskunalar yordamida markazda yuqori texnologiyali  operatsiyalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari bo`limda laparotom yo`l bilan barcha  ginekologik operatsiyalar amalga oshiriladi. Bo`limda  3 nafar oliy toifali shifokorlar xizmat ko`rsatadi. Bo`lim boshlig'i –tibbiyot fanlari nomzodi  Shomirov  Abduhamid Kuchkarovich, shifokorlar - Sidikova Larisa Dmitriyevna va  Murdahaev Sergey Lazarevich.

II ginekologiya bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Raxmonov Uzgenboy Mansurovich, tibbiyot fanlari nomzodi, yuqori malakali shifokor, akusherlik va ginekologiya soxasida 25 yillik tajribaga ega. Ilmiy raxbari: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, Markazning etakchi ilmiy xodimi, ginekolog  endokrinolog.

Bo`limda oliy toifali shifokorlar, malakali xamshiralar va kichik tibbiy xodimlar  faoliyat olib boradilar.
Bo`limda 1 va 2 kishilik yuqori qulayliklarga ega bo`lgan, davolovchi xonalar mavjud. Ginekologik bemorlarga tashxis qo`yish va ularni davolashda zamonaviy yuqori texnologik uskunalardan foydalaniladi.
Bo`limda bepushtlik, xomila tushishi, jinsiy a’zolarning yallig`lanishi diagnostikasi va davolash, xamda jarroxlikka tayorlash, jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya olib boriladi. Ginekologik xastalangan o`smir qizlar uchun davolash xonalari mavjud. Kichik jarroxliklar, diagnostik va davolash jarroxliklariga mo`ljallangan kichik operatsiya xonasi mavjud.

Bo`limning asosiy ilmiy yo`nalishi: metabolik buzilishlar profilaktikasi va davosi, surunkali tuxumdon disfunksional buzilishlari bor ayollardagi metabolik o`zgarishlari profilaktikasi va davolash ishlari bilan shug`ullanadi.

A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa