Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz
Здоровье так же заразительно, как и болезнь.Роллан Р.

«RIAGIATM» AJ  qoshida yirik laboratoriya bo`limi bo`lib, uning tarkibiniquyidagilar:

 1. Gemostaz laboratoriyasi
2. Klinik immunologiya laboratoriyasi SPID taxlili bilan
3. Klinik-bioximiya laboratoriyasi
4. Bakteriologiya laborator
iyasi
5. Patomorfologiya bulimi
6. Spermatolog xonasi tashkil
qiladi.

 

Markazning laboratoriya bo`limlarida 56 ta tibbiy xodim xizmat qiladi. Ulardan 23 tasi vrach laborant, 21 ta laborant, 12 tasi kichik tibbiy xodimlar. Vrach-laborantlar orasida 1 ta biologiya fanlari nomzodi, 14 ta oliy toifali, ko`p yillik mexnat stajiga ega mutaxasislar faoliyat yurityapti. Ular ilmiy konferensiyalar, seminarlarda, Markazning ilmiy izlanishlarida faol ishtirok etadilar.

 Laboratoriya bo`limlari zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan, xar xil taxlil usullari qo`llaniladi, bular: serologik, mikrobiologiya, immunoferment, sitologik, gistologik va ginetiklardir.

Gemostaz laboratoriyasida keng ko‘lamdagi koagulogik tekshiruvlar olib borilib, ular gemostaz tizimining tomir-trombotsitar bo`g‘imi xolatini baxolovchi trombotsitlarning umumiy soni, agregatsiyasi va koagulyasion bo‘g‘im xolati xaqida ma’lumot beruvchi protrombin vaqti, APTV,  fibrinogen miqdorini aniqlash usullarini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirilgan tromboplastining qo‘llanilishi antikoagulyant terapiya oluvchi kasallar uchun  Xalqaro Normallashgan Munosabat tizimi   bo‘yicha hisoblash imkonini beradi.

Laboratoriyada tomirichi qon ivish jarayonlari, DVS-sindrom va trombozlarning oldini olishda qo‘llaniladigan davolash ishlarining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi ortofenantrolin testi (EFMK) mavjud bo‘lib, u plazmadagi eruvchi fibrin miqdorini aniqlaydi.

Klinik-bioximiya laboratoriyasida qonning bir qator taxlillari tekshirilib, ular ba’zi kasalliklarni aniqlashda qo`llaniladi. Fermentlar: aspartattransaminaza (AST), alanintransaminaza (ALT), Gamma-glutamiltransferaza (GGT), щelochnaya fosfataza.  Oksil almashinuvining  kursatkichlari: umumiy oksil, mochevina, kreatinin. Qonda umumiy, bog`langan, bog`lanmagan bilirubin miqdori aniqlanadi.  Buyrak faoliyatini aniqlash uchun « Proba Reberga» sinamasi tekshiriladi.  Revmatizm taxliliga «Revmoproba» sinamasi tekshiriladi. Bunda SRB, ASLO, RF usullari qo`llaniladi.

Klinik analizlardan: qonda qand miqdori, qand miqdoriga sezuvchanlik sinamalari tekshiriladi.  Umumiy qon taxlili, trombotsitlar, gematokrit qilinadi.

Siydikda (peshobda) – umumiy siydik taxlili, Nechiporenko ko`rsatkichi, Zimnitskiy sinamasi, siydikda atsetonni aniqlash. Sutkali siydikda oqsil miqdori aniqlanadi.

Qin ajralmalari surtmasida : tozalik darajasi, kolpotsitologiya ko`riladi .

Bakteriologik  laboratoriyada  quyidagi  tekshiruvlar  amalga  oshiriladi: qin mikrobiotsenozini bakterioskopik baholash; gonokokk, trixomonada, gardnerella, xlamidiya, mikoplazma, ureaplazma kabi jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalarni bakterioskopik va bakteriologik tekshirish; aerob va fakultativ anaerob mikroorganizmlarni (stafilokokk, streptokokk, ichak infeksiyasi guruhi (Enterobacteriaceae) bakteriyalari, Candida guruhi zamburug‘lari ) aniqlash, identifikatsiya qilish va ularni antibiotiklarga sezgirligini baholash; qonni sterillikka va gemokulturaga tekshirish; qonni serologik tekshiruvi: qonni RPGA + MR usullari yordamida zahmga (sifilis)tekshirish, qonni brutsellyozga tekshirish. Bundan tashqari sanitariya mikrobiologik  tekshiruvlar: jarrohlik instrumetlarni, jarroh ko‘llarini, dori eritmalarini sterillikka tekshirish, klinika bo‘limlaridan surtmalarni (smыvы) va havoni mikrobiologik tekshirish olib boriladi.

Immunologiya laboratriyasida (OITS diagnostikasi bilan )

IFA usuli yordamida spetsifik immunoglobulin M,G aniqlovchi serologik tekshiruvlar (toksoplazmoz,sitomegaliya, gerpes, qizilcha,xlamidioz, ureaplazma, mikoplazma);VICH diagnostikasi, V,S gepatit diagnostikasi ekspress va IFA usullari bilan olib boriladi;Qondagi gormonlar miqdori aniqlash: prolaktin, follikulostimullovchi gormon (FGS),lyuteinlashtiruvchi gormon (LG), estradiol, progesteron, umumiy testosteron,kortizol, umumiy triyodtironin (TT3 ), erkin (bog‘lanmagan)triyodtironin (FT3 ), umumiy tiroksin(TT4),erkin(bog‘lanmagan) tiroksin (FT4), tireotrop gormon(TTG);Onkomarkerlar (o‘sma kasalliklari markerlari) SA-125,SA 25-3,SA 19-9, REA,  AFP, XG      keng spektri diganostikasi; Homilador ayollarning (homiladorlikning 15-21haf.)skriningi AFP, XG, bog‘lanmagan estriol miqdorini aniqlash; Laboratoriya tarkibida PSR- bloki zamonaviy jihozlar bilan tamirlangan va hozirgi kunda Chlamydia trachomatis,Ureaplasma, Mycoplasma genitalium, Gardnerella, BPCH16,18 DNKsini aniqlash yo`lga qo‘yilgan. 

Patomorfologiya bo‘limida har kuni quyidagi diagnostik tadqiqotlar olib boriladi: bachadon bo‘yni rakini erta bosqichlarda aniqlash imkonini beruvchi an’anaviy sitologiya (PAP – surtmalar); laparatomiya, laparoskopiya, yo‘ldosh, seksion material yo‘li bilan olingan biopsiya, operatsion materiallardan tayyorlangan a’zo to‘qimalarini gistologik tekshiruvi; o‘z–o‘zidan xomila tushishi va rivojlanmayotgan xomiladorlikda xomila tuxumi to‘qimalarini gistologik diagnostika usullarini qo‘llagan xolda tekshirish. Endometriy giperplaziyasi, endometriozdagi endometriyni, SPKYAda tuxumdon to‘qimalarini kompleks tekshirish.

Spermatolog xonasi sperma sifatini aniqlovchi zamonaviy analizator bilan jihozlangan  bo‘lib, u eyakulyantni miqdor va sifat jihatdan baxolashni Sog‘liqni Saqlash Xalqaro tashkiloti talablari darajasida olib borish imkonini beradi. Spermogramma analizi  makroskopik, mikroskopik tekshirishlarni, spermatozoidlarning miqdori va xarakatchanligini aniqlash, hujayralar morfologiyasini o‘z ichiga oladi. 

E’LON
O‘z R SSV «RIAGIATM» AJ bazasida ADSS 15. 2. 5 “Xromosoma kasalliklarining prenatal diagnostikasi skrining usullarini ishlab chiqish” ilmiy loyixasi doirasida xomiladorlikning I trimestri skriningi o‘tkaziladi (8-13 xaf. 6 kun):UTD, РАРР-A ga analiz bepul va navbatsiz.
A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa