Великое преимущество врача заключается в том, что он не обязан следовать собственным советам.Кристи А.
Mazkur vaqtda maslaxatxonamizda kuniga 250 nafar, yil davomida 68 000-74 000 mingacha bemorlar qabul kilinadi. Maslaxatxonada oliy toifali shifokorlar, tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiyot fanlari doktorlari, proffesorlar yuqori professional va zamonaviy talablarga mos darajada bemorlarga tashxis qo`yib davolash usullarini tavsiya qilishmoqda. Mazkur vaqtda RIAvaGIATM va maslaxatxona O`zbekistonda yagona va asosiy ilmiy-amaliy va xalkaro sertifikatlar bilan tasdiqlangan yangi texnologiya yaratuvchi markaz bo`lib kelmoqda.
Maslaxatxonada faoliyat yuritayotkan bir necha shifokorlar Yevropa, Rossiya, Turkiya va Osiyo davlatlarning taniqli markazlarida malakasini oshirib va ularning ilmiy fondlarining ma’ruzachisi sifatida ish yuritishadi. Maslaxatxonada barcha tashxis qo`yish, davolash va kasallikni oldini olish usullari tibbiyotning zamonaviy isbotlangan ilmiy asoslarga mos va quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ilmiy grantlar bo`yicha olib boriladi:
1. Barcha ginekologik kasalliklarini tashxis qo`yish va davolash
2. Xomiladorlarni nazorat qilish
3. Xomiladorlikka tayyorlash maqsadida tekshiruv o`tkazish
4. Ayollar bepushtligini xamma turlarini tashxis qo`yish va davolash
5. Erkaklar bepushtligini tashxis va davolash (xamda moyak biopsiyasi)
6. Jinsiy a’zolarning barcha yallig`lanish kasalliklarini tashxis qo`yish va davolash
7. Zamonaviy kontratsepsiya vositalari bo`yicha maslaxat o`tkazish
8. Ambulator sharoitida xomiladorlikni medikamentoz to`xtatish bo`yicha maslaxat o`tkazish
9. Xayz siklini barcha buzilishlari
10. Bachadon miomasi
11. Tuxumdon kista va kistomalari
12. Endometrioz
13. Erdamchi reproduktiv texnologiyalariga tayyorlash (ekstrakorporal urug`lantirish, IKSI, MEZA,TEZA)
14. Endometriyning giperplastik xolatlari (giperplaziya, poliplar)
15. Chanok og`riqlari
16. Xomiladorlikni odatlanib qolgan tushushi
17. Xomiladorlikni rivojlanmay qolishi
18. Xomiladorlik vaqtida bachadon miomasini davolash
19. Xomiladorlik vaqtida tuxumdon kistomalarini davolash
20. Bachadon naylarini tekshirish
21. Qiz bola va o`smirlarni maslaxat o`tkazish
22. Klimakterik va postmenopauzal davrdagi ayollarni nazorat qilish va densitometriya o`tkazish
23. Barcha zamonaviy genetik tashxis qo`yish va maslaxat berish usullari
24. Ultratovush tashxis (3D, 4D, dopler)
25. Bachadon bo`ynining barcha kasalliklarni aniqlash (sitologiya, kolposkopiya, biopsiya) va davolash (kriodekstruksiya, radiotulkinli nur)
26. Xomiladorlik va boshqa davrida genital kondilomalari bor ayollarni davolash
27. Mammografiya va mammolog kurigi
28. Laborator tekshiruvlarning barcha turlari (TORCH, PSR, gormonlar, indeks avidnosti)
29. Jarroxlikdan so`ngi reabilitatsiyani o`tkazish
30. Barcha jarroxlik usullariga (laparoskopiya, gisteroskopiya, gisterorezektoskopiya, laparotomiya, TVT, konservativ miomektomiya, plastik jarroxliklar) tayyorlash.
Maslaxatxonaning barcha qabul xonalari Yaponiya granti asosida olingan zamonaviy ginekologik kursa, kolposkoplar va mammograf bilan ta’minlangan. Barcha qabul xonalar kompyuterlashgan bo`lib, ular ichki markaz tarmoqqa xamda xalqaro internet tarmog`iga ulangan.
Maslaxatxona qoshida barcha zamonaviy aniqlash asboblar va reaktivlar bilan ta’minlangan laboratoriyalar mavjud: gormonal, immunologik, biokimeviy, klinik, gemostaz, patomorfologik, genetik va bakteriologik laboratoriyalar.